add

Xitoyda sobiq vazir o‘lim jazosiga hukm qilindi

29.09.2025 | 16:4223562

Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Tang Jenjiang 268 mln yuan pora olganlikda ayblanib, ikki yilga kechiktirilgan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Xitoyda sobiq vazir o‘lim jazosiga hukm qilindi
Hukm 8 sentyabr kuni Jilin provinsiyasi Chanchung shahri xalq sudi tomonidan chiqarilgan. Sud qaroridan keyin u siyosiy huquqlaridan umrbod mahrum qilindi, barcha shaxsiy mulki va noqonuniy daromadlari davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Tang Jenjiang 2007–2024 yillarda turli davlat lavozimlarida ishlagan paytlarida korxonalar va fuqarolarga xo‘jalik ishlari, shartnomalar va kadrlar tayinlovida yordam berish evaziga pora olgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u olgan pora miqdori 38 mln dollardan oshib ketgan. 25 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayonida sobiq amaldor aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. Shu sababdan sud o‘lim jazosini ikki yilga kechiktirib ijro etishga qaror qilgan. Agar u bu muddatda yangi jinoyat sodir etmasa, jazo umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi. Tan o‘z faoliyati davomida Janubiy Xitoydagi Guansi-Juang avtonom hududi va Gansu provinsiyasi hukumatlarida rahbar lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Xitoy Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligi partiya guruhi kotibi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid