add

Xitoyda Tesla’nikidan ikki barobar kuchli batareya yaratildi

19.08.2025 | 16:1532512

Xitoyning Tyanszin universiteti olimlari yangi avlod litiy-metall batareyasi ishlab chiqdi. Uning quvvati Tesla ishlab chiqarayotgan batareyalardan ikki barobar yuqori ekani aytilmoqda.

Xitoyda Tesla’nikidan ikki barobar kuchli batareya yaratildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilmaning energiya zichligi har kilogramm uchun 600 vatt-soatdan ortiqni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich Tesla elektromobillarida qo‘llaniladigan batareyalardan ikki barobar samaralidir. Qiyos uchun, Tesla batareyalari 300 vatt-soat/kg quvvatga, BYD’ning «Blade» batareyalari esa 150 vatt-soat/kg imkoniyatga ega. Olimlar «delokalizatsiyalangan elektrolit» texnologiyasi yordamida 604,2 vatt-soat/kg natijaga erishgan. Bu ko‘rsatkich Xitoyning «Made in China 2025» dasturida belgilangan 400 vatt-soat/kg me’yoridan ancha yuqori hisoblanadi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, yangi turdagi elektrolit ionlarning tezroq va barqaror harakatlanishini ta’minlab, batareyaning ishlash muddatini uzaytiradi va xavfsizligini oshiradi. Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, batareya 100 marta zaryad-tizim sikllarida ham barqaror ishlashda davom etgan. Bundan tashqari, texnologiya dronlar uchun yuqori quvvatli batareyalar ishlab chiqishda sinovdan o‘tkazilgan. Mutaxassislar fikricha, bu yechim kelgusida elektromobillar, smartfonlar va boshqa ko‘plab elektron qurilmalarda inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid