
Xitoydagi SHHT sammitida Aliyev va Pashinyan ham ishtirok etadi
22.08.2025 | 20:208792
31 avgustdan 1 sentyabrga qadar Xitoyning Tianjin shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkaziladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi yordamchisi Lyu Bin juma kuni ma’lum qilishicha, 31 avgustdan 1 sentyabrgacha Xitoyning Tianjin shahrida o‘tkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan taklif etilgan. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar bermoqda.
Lyu Binning ta’kidlashicha, Xitoy beshinchi marta SHHT sammitiga mezbonlik qiladi va bu tashkilot tashkil etilganidan buyon eng yirik sammit bo‘ladi.
Sammitga taklif etilgan xorijiy rahbarlar orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va boshqalar bor.
Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati Nikol Pashinyan ham Shanhay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.





