add

Xitoydan O‘zbekistonga yangi elektrobuslar olib kelinyapti

23.09.2025 | 17:1511952

Xitoyda ishlab chiqarilgan 100 ta elektrobus O‘zbekistonga jo‘natildi. Bu loyiha «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Xitoydan O‘zbekistonga yangi elektrobuslar olib kelinyapti
Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jami 200 dona elektrobus va ularga mo‘ljallangan quvvatlash stansiyalarini xarid qilish rejalashtirilgan. Loyiha iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerod neytralligini ta’minlash va ekologik barqaror transport tizimini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur xarid bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoyning «YUTONG BUS Co., Ltd.» kompaniyasi g‘olib chiqqan. Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma asosida transport vositalari yetkazib berish jarayoni boshlandi. Loyiha Xitoyning Eksimbanki va «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda. Hozircha birinchi partiya — 100 ta elektrobus Xorgos orqali Qozog‘iston hududidan O‘zbekistonga yo‘lga chiqdi. Barcha 200 ta elektrobusni jo‘natish jarayoni 2025 yil sentyabr oyi oxiriga qadar to‘liq yakunlanishi belgilangan. Shu bilan Toshkentda zamonaviy va ekologik toza jamoat transportidan keng foydalanish imkoniyati ochiladi. Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Boeing aviasozlik kompaniyasi bilan 8 mlrd dollarlik bitimi imzolab 22 ta 787 Dreamliner samolyotini sotib oladi.

Teglar

Mavzuga oid