add

Xitoyliklar Telegram orqali pul «yuvmoqda»: oylik hajm 2 mlrd dollarga yetdi

Bugun 09:432272 daqiqa

Telegram xitoylik kiberjinoyatchilar uchun asosiy maydonga aylandi. Rus tilidagi kanallar orqali oyiga taxminan 2 mlrd dollar yashirin tranzaksiyalar o‘tayotgani aniqlandi.

Xitoyliklar Telegram orqali pul «yuvmoqda»: oylik hajm 2 mlrd dollarga yetdi

«WIRED» va blokcheyn-tahlil kompaniyasi «Elliptic» o‘tkazgan surishtiruvga ko‘ra, Telegram bugun xitoylik kiberjinoyatchilarning eng yirik moliyaviy habiga aylangan. Oyiga xufiyona iqtisodiyot aylanmasi 2 mlrd dollarga yetadi.

Mutaxassislar «garant» niqobi ostida ishlayotgan noqonuniy platformalar ekotizimini aniqlagan. Bozorda asosiy o‘rinni «Tudou Guarantee» va «Xinbi Guarantee» egallamoqda. Ular o‘g‘irlangan ma’lumotlar, dipfeyk dasturlari va investitsiya firibgarligi uchun tayyor saytlarni sotadi.

Surishtiruvga ko‘ra, ushbu platformalar orqali odam savdosi va bolalar jinsiy qulligi kabi og‘ir jinoyatlar ham amalga oshirilgan. Aylanmalar hajmi tarixdagi eng yirik darknet bozorlarini ham ortda qoldirgan.

Masalan, «AlphaBay» butun faoliyati davomida 1 mlrd dollar atrofida aylanma qilgan. «Hydra» esa 7 yilda 5 mlrd dollar o‘tkazgan. Birgina «Huione Guarantee» orqali 2021–2025-yillarda 27 mlrd dollar mablag‘ harakatlangan.

Telegram kanallarini bloklash samara bermayapti. 2025-yil may oyida «Huione Guarantee» yopilgandan so‘ng uning o‘rnini «Tudou Guarantee» egallagan va qisqa vaqtda oylik 1,1 mlrd dollar aylanmaga chiqqan. «Xinbi Guarantee» ham blokdan keyin qayta ishga tushib, aylanmasi 850 mln dollardan oshgan.

Telegram rahbariyati ommaviy taqiqlarni rad etib, buni «moliyaviy erkinlik» bilan izohlamoqda. Ammo ekspertlar asosiy mablag‘lar firibgar sindikatlardan kelayotganini aytadi. Tranzaksiyalarning katta qismi USDT orqali o‘tadi, «Tether» esa texnik imkoniyat bo‘lsa-da, jinoiy hisoblarni kam hollarda bloklamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyliklar Telegram orqali pul «yuvmoqda»: oylik hajm 2 mlrd dollarga yetdi | Vaqt.uz