
Xitoyning Yaponiya yaqinidagi harbiy mashg‘uloti Tokio noroziligiga sabab bo‘ldi
19.06.2025 | 13:4032764
Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining Yaponiya orollari yaqinida o‘tkazgan keng ko‘lamli mashg‘ulotlari Tokio tomonidan jiddiy e’tiroz bilan kutib olindi. Yaponiya rasmiylari Pekinga rasman norozilik bildirib, Xitoy avianosetslarining harakatlari haqida ommaviy ma’lumot tarqatishga majbur bo‘ldi.

25 maydan 16 iyungacha davom etgan mashg‘ulotlar davomida Xitoyning ikki avianosetsi — «Shandun» va «Lyaonin» — Tinch okean hududida birinchi marta bir vaqtning o‘zida uchuvchi samolyotlar bilan amaliyot o‘tkazdi. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu muddatda 500 dan ziyod qo‘nish va uchish amalga oshirilgan.
7 iyun kuni xitoylik qiruvchi samolyot «Shandun» avianosetsidan ko‘tarilib, Yaponiya kuzatuvchi samolyotini 40 daqiqa davomida kuzatgan. Ertasi kuni shunga o‘xshash harakat yana sodir bo‘lgan — xitoylik qiruvchi yapon samolyotiga ikki marta yaqinlashib, oldiga chiqib olgan. Bu harakatlar Yaponiyada xavotir uyg‘otib, Pekinga «sirtdan kuzatishlar normadan tashqari va xavfli» ekani haqida yetkazilgan.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bunday mashqlar xalqaro qonunlarga mos kelishi va Yaponiya havo kemalarining o‘ta yaqin razvedka harakatlari xavfni kuchaytirganini ta’kidladi. «Yaponiya o‘z xavfli harakatlarini to‘xtatishi kerak», — dedi rasmiy vakil Lin Szyan.
Yaponiya e’lon qilgan xaritada xitoylik avianosetslar hatto Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi orqali o‘tgani qayd etilgan. Shuningdek, «Lyaonin» avianosetsi ilk bor AQSH tashqi siyosat doktrinasining «ikkinchi orol zanjiri» deb ataluvchi hududdan ham o‘tgani ma’lum qilindi.
Bu mashg‘ulotlar fonida Xitoyning yangi «Futszyan» avianosetsi ham bahr sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi. Bu Xitoydagi ilk avianosets bo‘lib, u elektromagnit katapulta texnologiyasiga ega — hozircha bu imkoniyatga faqat AQSH yega.
Fevralda Tasman dengizida o‘tkazilgan va Avstraliya hamda Yangi Zelandiyada e’tiroz uyg‘otgan mashg‘ulotlardan so‘ng, bu — Xitoyning ogohlantirmasdan amalga oshirgan yana bir katta mashqi sifatida baholanmoqda.





