add

Xizmat ko‘rsatish korxonalariga 9 oyda 25,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berildi

Bugun 14:35601

2025 yil yanvar–sentabr oylarida xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan 30 trln so‘mdan ziyod soliq to‘landi.

Xizmat ko‘rsatish korxonalariga 9 oyda 25,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berildi

2025 yil yanvar–sentabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 351 ta yuridik shaxs tomonidan 30,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu davrda korxonalarning tovar aylanmasi 324 trln 884,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, ularga 9 oy mobaynida jami 25 trln 663,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan.

Shundan, 5,3 trln so‘mdan ko‘prog‘i, ya’ni 17,8 foizi 20 ta yirik korxona hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu korxonalarning jami tovar aylanmasi 65,2 trln so‘mni, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 5,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Jumladan, yanvar–sentabr oylarida eng ko‘p soliqni «Asia Trans Gas» kompaniyasi (1,5 trln so‘m) to‘lagan. Keyingi o‘rinlarda esa mos ravishda «O‘zbektelekom» (848,1 mlrd so‘m), «Uzbekistan airways» (633,1 mlrd so‘m) va «O‘zbekiston temir yo‘llari» (491,8 mlrd so‘m) kompaniyalari turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalariga 9 oyda qariyb 2,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid

Xizmat ko‘rsatish korxonalariga 9 oyda 25,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berildi | Vaqt.uz