add

Xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalari davlat byudjetiga 36,8 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

16.08.2025 | 12:007373

2025 yilning birinchi yarim yilligida xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalari davlat byudjetiga yirik miqdorda soliq to‘ladi. Umumiy ko‘rsatkichlar bu tarmoqlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalari davlat byudjetiga 36,8 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi
Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan 160 mingdan ortiq yuridik shaxs tomonidan 19,1 trln so‘m soliq to‘langan. Shuning 3,5 trln so‘mi yirik 20 korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ularning tovar aylanmasi 43,4 trln so‘mga yetgan, soliq imtiyozlari esa 2,6 trln so‘mni tashkil etgan. Savdo sohasida 145 mingdan ortiq korxona yarim yillikda 16,9 trln so‘mdan ziyod soliq to‘ladi. Buning 1,3 trln so‘mi eng yirik 20 korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Savdo korxonalarining umumiy tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mga yetdi, ular foydalangan imtiyozlar esa 97,9 mlrd so‘m bo‘ldi. Umumiy ovqatlanish sohasida esa 20 mingdan ziyod korxona tomonidan 809,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shuning 156,3 mlrd so‘mi 20 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ularning tovar aylanmasi 2 trln so‘m bo‘lib, 19,2 mlrd so‘mlik imtiyozdan foydalangan. Soliqlar tarkibida xizmat sohasida asosiy ulush foyda solig‘i (1 trln so‘m) va QQS (926,8 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi. Savdo sohasida esa QQS (464,4 mlrd so‘m) va aksiz solig‘i (278,8 mlrd so‘m) yetakchi bo‘ldi. Umumiy ovqatlanishda asosiy to‘lovlar QQS (65,8 mlrd so‘m) va JSHODS (41,4 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkichlar xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalari davlat byudjeti barqarorligi va soliq manbalarida muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalari davlat byudjetiga 36,8 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi | Vaqt.uz