add

Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi

19.06.2025 | 20:403523

Shoira Otabekova Qo‘rg‘ontepa tumanida avtohalokatga uchradi. U rulda boshqaruvni yo‘qotib, sim to‘siqqa urilgan. Xonanda o‘zining Instagram sahifasida vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi
Bugun, 19 iyun kuni Andijon viloyatida xonanda Shoira Otabekova ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, soat taxminan 12:20 da 45 yoshli xonanda Qo‘rg‘ontepa tumani Xurobod MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 42 km.da o‘zining “BYD song plus” rusumli transport vositasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. YTHga haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Oqibatda, mashina yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilgan. Hech kim tan jarohati olmagan. Faqat transport vositasi texnik shikastlangan. Otabekova o‘zining Instagram sahifasida voqea haqida yozib, «Men avtohalokatga uchradim. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, siqqan odam qochib ketdi. O‘zimga hech nima bo‘lmadi. Ko‘ramiz endi buni ortida kim turganini», degan. Hozirda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid