add

Xorazmda 119 nafar ishchining maoshi undirib berildi

07.08.2025 | 10:0032203

«WBM Qo‘shko‘pir Klaster» korxonasida ishlagan 119 nafar ishchining 1,3 mlrd so‘mlik maoshi Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvidan so‘ng to‘lab berildi.

Xorazmda 119 nafar ishchining maoshi undirib berildi
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan «WBM Qo‘shko‘pir Klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyatida xodimlarga ish haqi to‘lanmasdan qolgan holat aniqlandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi. Viloyatdagi Kambg‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida 119 nafar ishchiga ish haqi to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi. Ularning foydasiga jami 1 mlrd 310 mln so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undirib berildi. O‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi. Mazkur holat mehnat sohasidagi huquqbuzarliklarga nisbatan nazorat kuchaytirilayotganini ko‘rsatadi. Respublika miqyosida esa joriy yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 10 501 nafar xodimga tegishli ravishda 129 mlrd 769 mln so‘mlik ish haqi va qonuniy to‘lovlar undirib berilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida ish haqini o‘z vaqtida to‘lash majburiyligi qat’iy belgilangan. Agar to‘lov kechiktirilsa, har bir kun uchun penya — qo‘shimcha foiz hisobida kompensatsiya to‘lanishi shart.

Teglar

Mavzuga oid