add

Xorijda umrbod qamalayotgan o‘zbeklar: bu tasodifmi yoki tizimli muammo? — «FIKR VAQTI»

26.01.2026 | 19:451 daqiqa

Hafta ichida BAA sudi ommaviy mushtlashuv uchun 8 nafar O‘zbekiston fuqarosiga umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Undan avvalroq rossiyalik generalga nisbatan tashkillashtirilgan suiqasd uchun yana bir o‘zbekistonlik Moskvada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.


21-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari sudi tomonidan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosiga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ular 2025 yilning aprel oyida Amirlik hududida ommaviy mushtlashuv tashkil etgani uchun shunday og‘ir jazoga hukm qilinishdi.

Bu esa o‘tgan haftaning o‘zidayoq xorijda o‘zbekistonliklar umrbod qamoq jazosi olgan ikkinchi holatdir. Chunki Bundan bir necha kun avval rossiyalik general Igor Kirillovga nisbatan tashkillangan suiqasdda aybli deya topilgan Ahmadjon Qurbonov ham Moskva harbiy sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Xo‘sh, nega oxirgi vaqtlarda dunyoning turli davlatlarida urushga yollanish, qotillik, shov-shuvli suiqasdlar, ISHID va boshqa terrorchi tashkilotlarga qo‘shilish kabi yuzlab og‘ir jinoyatlarda o‘zbekistonliklar ishtiroki ko‘payib boryapti? Nega bizda zo‘ravonlik, pul uchun o‘ldirish, teraktlar tirikchilik vositasiga aylanib borayotgandek? Bunday ketma-ketlik tizimli muammolar oqibatimi yo shunchaki tasodifiy holatlarMI? Muammo tizimli bo‘lsa-chi, aynan qaysi xatolar oqibati?

«Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida mavzuga oid shu va boshqa savollarni sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdug‘ani Xolbekov va tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev bilan muhokama qildik, ularga javob izladik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 34

Barchasi

Mavzuga oid