add

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarida 9 mingdan ortiq shaxs jazoga tortilgan

11.07.2025 | 14:2044233

2025 yilning birinchi yarmida zo‘ravonlikdan jabrlangan 55 mingdan ziyod xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirilgan. Unga amal qilmagan 9 mingdan ortiq zo‘ravon shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarida 9 mingdan ortiq shaxs jazoga tortilgan
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva ma’lum qilishicha, himoya orderi nafaqat jabrlangan, balki potensial ravishda xavf ostida bo‘lgan ayollarga ham berilayotgani muhim qadam hisoblanadi. Order berilganidan so‘ng, oila yarim yil mobaynida muntazam ravishda nazoratga olinadi. Ta’kidlanishicha, joriy yilning olti oyi davomida 9 275 nafar zo‘ravon shaxs himoya orderi talablarini buzgani uchun jazoga tortilib, tuzatuv dasturlariga yo‘naltirilgan. Abdullayevaning ta’kidlashicha, zo‘ravon shaxs deganda aniq bir jins emas, balki har qanday qarindosh — qaynona, qaynota, aka, eri yoki boshqa biror shaxs bo‘lishi mumkin. Zo‘ravonlikning 80–82 foizi oilada, qolgan qismi jamoat joylarida sodir bo‘layotgani aniqlangan. Bundan tashqari, Senat raisi Tanzila Norboyeva zo‘ravonlik qilgan shaxslarga ham tizimli yondoshuv zarurligini ta’kidlab, faqat jabrlanuvchi ayol bilan ishlash bilan muammo hal bo‘lmasligini bildirgan edi. Uning fikricha, zo‘ravon shaxslar bilan ham psixologik va ijtimoiy ishlarni kuchaytirish kerak.

Teglar

Mavzuga oid