add

Xususiy OTM talabalari ham davlat granti uchun tanlovda qatnashishi mumkin

23.09.2025 | 15:3033643

29 sentyabrdan 5 oktyabrga qadar ushbu ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, davlat granti tanlovida qatnashishlari mumkin.

Xususiy OTM talabalari ham davlat granti uchun tanlovda qatnashishi mumkin
Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Shu orqali mazkur ta’lim muassasalariga kontrakt asosida talaba sifatida tavsiya etilganlar 29 sentyabrdan 5 oktyabrga qadar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida BHMning 50 foizi miqdorida — 206 ming so‘m to‘lov undiriladi. Shundan so‘ng test sinovlari 12 oktyabrga qadar o‘tkazilib, natijalar 17 oktyabrgacha belgilangan tartibda tegishli OTMlarga yetkaziladi. Shu bilan birga, joriy yil davlat OTMlariga kirish uchun hujjat topshirgan, ammo talaba sifatida tavsiya etilmagan abituriyentlar ham mazkur tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Faqat ularning to‘plagan ballari va fanlar majmuasi xorijiy yoki xususiy OTMning yo‘nalishiga mos kelishi shart. Eslatib o‘tamiz, 25 sentyabrdan 3 oktyabrgacha davlat OTMlaridagi bo‘sh o‘rinlar uchun ham qo‘shimcha qabul e’lon qilingan. Unda 56,7 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga erishgan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarga yana bir imkoniyat beriladi.

Teglar

Mavzuga oid