
Xususiy universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? — tahlil
10.09.2025 | 18:00322812
O‘zbekistonda davlat universitetlari bilan bir qatorda o‘nlab yangi xususiy universitetlarning ochilgani o‘quvchilarning oliy ta’limda o‘qish koeffitsiyentini oshirdi.

Ammo litsenziya masalasi, ta’lim sifati, o‘quv dasturlariga ko‘ra munosib xususiy universitet tanlash ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Kimdir nufuzli o‘quv yurti diplomi, boshqasi sifatli bilim va ko‘nikmalar olishni, yana kimdir esa arzonroq to‘lov qiymatini izlaydi. Quyida tanlovdagi asosiy omillar — kontrakt narxlari, qabul sanalari va bilim sertifikati talablari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Universitet tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar:
O‘rta darajada (Intermediate 5-5,5) IELTS ballari talab qilinadigan o‘quv yurtlari
O‘rtadan yuqori darajada (Upper Indemediate 6-6,5) IELTS ballari talab qilinadigan o‘quv yurtlari
Mehrinoz Farmonova tayyorladi.
- Akademik daraja: Oliygohning akademik obro‘si, o‘qituvchilar darajasi va tadqiqot dasturlarining mavjudligi muhim ahamiyatga ega.
- Diplom olish: Agar maqsad diplom olish bo‘lsa, minimal talablar va tezlashtirilgan yoki sirtqi ta’lim dasturlari mavjudligini o‘rganish kerak.
- Moliyaviy imkoniyatlar: Ta’lim narxi, to‘lov usullari, mavjud chegirmalar yoki moslashuvchan to‘lov shartlarini bilish zarur.
- Til talablari: Ingliz tilini bilish talablarini, masalan, IELTS talablarini tekshirish lozim.
- Harbiy xizmatdan ozod bo‘lish: Agar harbiy xizmatdan ozod bo‘lish kerak bo‘lsa, byudjet ta’limi va xizmatdan ozod bo‘lish imkoniyatiga ega oliygohni tanlash muhim.
- Chet elda o‘qish imkoniyati: Agar chet elda o‘qish rejalashtirilgan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi chet el dasturlari, almashinuv dasturlari va vizalar berishini taklif qilishini bilish kerak.
- Qabul qilish muddatlari: Hujjatlarni topshirishning amaldagi muddatlarini bilish, shunda hamma narsani o‘z vaqtida topshirish mumkin.
- Kontrakt to‘lovi: Universitet tanlashda kontrakt to‘lovi muhim omil hisoblanadi. Har bir oliygohda ta’lim narxlari turlicha bo‘lib, o‘zingizning moliyaviy imkoniyatlaringizga mos keladigan to‘lovni tanlash lozim. Ayrim universitetlarda to‘lovni qisman yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatlari, shuningdek, stipendiyalar va chegirmalar ham mavjud. Shuning uchun, to‘lov siyosatini va qo‘shimcha imtiyozlarni oldindan batafsil o‘rganib chiqing, bu sizning moliyaviy rejalaringizni to‘g‘ri tuzishga yordam beradi.
- INHA — 38,1 mlndan 39,9 mlngacha;
- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlanish instituti — 35,48 mlndan — 63,137 mlngacha;
- Webster University — 44,0 mlndan - 44,6 mlngacha.
- Alfraganus — 15 mlndan - 32 mlngacha;
- British Management University in Tashkent — 37 mln;
- Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti —14,465 mlndan - 25,511 mlngacha.
- Turon Zarmed universiteti — 14 mlndan - 40 mlngacha;
- Toshkent amaliy fanlar universiteti — 15 mlndan - 19 mlngacha;
- Perfect university — 9 mlndan 16 mlngacha.
| Digital University |
4,5 |
| Oxus University |
4,5 |
| Ajou University in Tashkent |
5 |
| Puchon university in Tashkent |
5 |
| Sharda University Uzbekistan |
5 |
| TEAM University |
5 |
| Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali |
5,5 |
| Amity University in Tashkent |
5,5 |
| Millat Umidi |
5,5 |
| TMC Institute of Tashkent |
5,5 |
| Turin Politexnika Universiteti |
5,5 |
| Inha |
5,5 |
| Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlanish instituti | 5,5 |
| British Management University in Tashkent | 5,5 |
| PDP | 5,5 |
| Varshava Menejment Universiteti Andijon filiali |
6 |
| Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar |
6 |
| Westminster International University in Tashkent |
6 |
| Webster University |
6 |





