add

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq tizimida yengilliklar berildi

13.08.2025 | 14:5036733

2026 yildan yakka tadbirkorlar va o‘zini band qilganlar uchun soliq to‘lovi 1 foiz etib belgilanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq tizimida yengilliklar berildi
Prezident qaroriga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish va rasmiy sektorga o‘tishni rag‘batlantirish maqsadida qator islohotlar amalga oshiriladi. Eng muhim yangilik sifatida, 2026 yil 1 yanvardan yakka tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lash tartibi bekor qilinadi. Shu bilan birga, soliq davrida daromadi yuz million so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod etiladigan amaldagi tartib ham tugatiladi. Yangi tizimga ko‘ra, yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorda to‘laydi. Bu tadbirkorlar uchun shaffof va raqobatbardosh muhit yaratish, ortiqcha ma’muriy talablarni qisqartirish hamda raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Qaror doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tishdan tortib hisobot topshirishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olgan integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratiladi. Shuningdek, naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilishning qulay mexanizmlari joriy etiladi va onlayn davlat hamda moliyaviy xizmatlar uchun maxsus huquqiy rejim ishga tushiriladi. Mutaxassislar fikricha, ushbu o‘zgarishlar ko‘plab norasmiy faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni qonuniy maydonga olib chiqish va kichik biznes rivojiga turtki berishga yordam beradi.

Teglar

Mavzuga oid