add

Yaman rasman AQSHga qarshi urushga qo‘shildi va Qizil dengizdagi kemalarni ogohlantirdi

22.06.2025 | 17:4536012

22 iyunga o‘tar kechasi Eron yadroviy ob’ektlariga berilgan AQSH zarbasidan so‘ng Yaman qurolli kuchlari rasman urushga kirishini e’lon qildi. Ular Qizil dengizdagi amerikalik kemalarni nishonga olishga tayyor ekanini bildirdi.

Yaman rasman AQSHga qarshi urushga qo‘shildi va Qizil dengizdagi kemalarni ogohlantirdi
Yaman qurolli kuchlari rasmiy bayonot orqali AQSHning Eronga qarshi hujumlari ortidan Yaqin Sharqdagi urushga qo‘shilishini ma’lum qildi. Bayonot X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi va unda mamlakat o‘zining hududiy suvlarida amerikaliklarning har qanday kemasiga qarshi chora ko‘rishini aniq bayon etilgan. «Yaman rasman urushga kirishdi. Kemalaringizni bizning suvlarimizdan olib chiqing», — deyiladi bayonotda. Qurolli kuchlar, agar AQSH Isroil bilan hamkorlikda Eronga qarshi urushni davom ettirsa, Qizil dengizdagi harbiy va flot kemalariga zarba berishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 22 iyunga o‘tar kechasi AQSH Eronning Fo‘rdu, Natanz va Isfahon shaharlarida joylashgan uchta asosiy yadroviy ob’ektlariga havo zarbasini bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Yaman rasman AQSHga qarshi urushga qo‘shildi va Qizil dengizdagi kemalarni ogohlantirdi | Vaqt.uz