add

Yana bir advokat pora bilan qo‘lga tushdi

26.07.2025 | 15:0033072

Toshkent viloyatida advokat o‘z mansabdor tanishlari orqali mahkumni ozodlikka chiqarishni va’da qilib, uning turmush o‘rtog‘idan yirik miqdorda pul talab qilgan.

Yana bir advokat pora bilan qo‘lga tushdi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, advokat jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni ozod qilishini aytgan va buning evaziga 30 ming AQSH dollari so‘ragan. U shundan 20 ming dollarini olgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini nazorat qilish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilgan. Advokatning o‘zi avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi. Biroq u o‘z qilmishi uchun to‘g‘ri xulosa chiqarmagan. Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U qamoqqa olindi va hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Yana bir advokat pora bilan qo‘lga tushdi | Vaqt.uz