Logo

Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun yana bir korxonaga litsenziya berildi

Bugun 18:231 daqiqa

O‘zbekistonda litsenziya olgan korxonalar soni umumiy hisobda 14 taga yetdi.

Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun yana bir korxonaga litsenziya berildi © Getty Imagеs

«Monetex» MCHJ korxonasiga 26-oktabr kuni kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.

Shu bilan hozirgi kunda kripto-do‘kon faoliyatida litsenziyaga ega korxonalar soni O‘zbekiston hududida 14 taga yetmoqda.

Shuningdek kripto-birja yo‘nalishida 2 ta korxonada — Asterium va Coinpay, kripto-depozitariy faoliyati bo‘yicha esa 6 ta korxonada litsenziya mavjud.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida litsenziya asosida faoliyat yurituvchi kripto-platformalar orqali operatsiyalar amalga oshirish fuqarolarga tavsiya etiladi. Litsenziyaga ega korxonalar ro‘yxatini esa napp.uz sayti orqali tekshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro moliya markazida kriptovalyuta va istalgan valutada bitimlar o‘tkazish rejalari haqida yozgan edik.

Teglar

Mavzuga oid