add

Yana Rossiyadan mujda: O‘zbekistonda yirik va kichik AESlar quriladi

20.06.2025 | 09:2014133

Rossiya O‘zbekistonda qudrati 2 GW bo‘lgan yirik AES hamda 110 MWli kichik atom stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Peterburg iqtisodiy forumida RF bosh vaziri o‘rinbsari Aleksandr Novak ma’lum qildi.

Yana Rossiyadan mujda: O‘zbekistonda yirik va kichik AESlar quriladi
19 iyun kuni Peterburg iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning ta’kidlashicha, Rossiya va O‘zbekiston tomoni atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha aniq iqtisodiy parametrlarni muhokama qilmoqda. Hozircha Rejaga ko‘ra, O‘zbekistonda ikkita 1000 MWli energoblokdan iborat katta AES hamda ikkitadan 55 MVtli kichik bloklarga ega AES quriladi. Shu orqali Rossiya ilk bor quruqlikda kichik quvvatli atom stansiyasini amalga oshirmoqchi. Avval bunday loyihalar faqat suzuvchi stansiyalar ko‘rinishida qurilgan. Ushbu kichik AESning birinchi bloki 2029 yilgacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Novak, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbsari Jamshid Xo‘jayevga murojaat qilar ekan, O‘zbekiston Rossiyani atom energetikasidagi sherik sifatida tanlagani uchun minnatdorlik bildirdi. AES loyihasi avvalroq «O‘zatom» va Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida boshlangan edi. Ilk rejada kichik AES 330 MW quvvatda bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich uch barobarga kamaytirildi. Bu o‘zgarishlarni Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ham tasdiqlagan. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 2024 yil oktyabrida, stansiya qurilishi kichik reaktorlardan boshlanishini aytgandi. Biroq u katta reaktorlar ham zarurligini ta’kidlagan, chunki mamlakat 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Yana Rossiyadan mujda: O‘zbekistonda yirik va kichik AESlar quriladi | Vaqt.uz