add

Yandex Go kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun servisini yangiladi

04.10.2025 | 10:3948344

Yandex Go platformada kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun maxsus imkoniyatlar yaratdi. Unga onlayn qo‘shilish, imo-ishoralar tilida o‘quv kurslari va yordamchi kartochkalar joriy etildi.

Yandex Go kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun servisini yangiladi
Yandex Go O‘zbekistonda taksi haydovchilari uchun platformani yanada inklyuziv qilish maqsadida qator yangiliklarni joriy etdi. Bu haqda kompaniyaning mahalliy vakolatxonalari Gazeta.uzʼga ma’lum qilgan. Endilikda haydovchilar servisga qo‘ng‘iroqsiz, to‘liq matnli sayt orqali onlayn qo‘shila oladi. Ariza topshirgandan so‘ng, qo‘llab-quvvatlash xizmati ular bilan messenjer orqali bog‘lanadi. Shu bilan birga, Yandex Pro ilovasidagi o‘quv materiallari ishora tiliga tarjima qilindi. Passajirlar bilan muloqotni yengillashtirish uchun avtomobillarda maxsus chexollar va kartochkalar paydo bo‘ldi. Masalan, ular yordamida konditsioner yoki musiqa yoqishni so‘rash mumkin. Taksoparklar uchun esa eshitishida muammosi bor haydovchilar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi. O‘zbekistonda hozirda servis bilan 700 nafarga yaqin kar va zaif eshituvchi haydovchilar hamkorlik qiladi. Ular oyiga 35 mingdan ortiq sayohat amalga oshirishmoqda. Yangiliklar Zaif eshituvchilar xalqaro kuni munosabati bilan joriy qilindi va bevosita haydovchilarning fikrlari asosida ishlab chiqildi. Milliy ijtimoiy himoya agentligi matbuot kotibi Dilfuza Ro‘zmetovaning ta’kidlashicha, bu tashabbuslar faqat yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan cheklanmaydi, balki jamiyatda hurmat va teng huquqlilik madaniyatini shakllantiradi. Toshkentdagi «Sharoit Plyus» jamoat birlashmasi rahbari Dilmurod Yusupov esa loyihani inklyuziv bozorda yangi standart sifatida baholadi. Shuningdek, avvalroq Yandex Pro ilovasida kar haydovchilar uchun maxsus funksiyalar joriy etilgan edi. Ular yoqilganida yo buyurtma kelganda telefon titraydi va ekran yonadi, «qo‘ng‘iroq qilish» tugmasi o‘rniga chat orqali muloqot amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Yandex Go kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun servisini yangiladi | Vaqt.uz