add

Yangi biznes-ombudsman tayinlandi

Bugun 14:341 daqiqa

Abdumannop Bo‘riyev prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi.

Yangi biznes-ombudsman tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes-ombudsman) lavozimiga Abdumannop Abdurahmadovich Bo‘riyev tayinlandi.

Abdumannop Bo‘riyev 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. U 2025 yilda Adliya vazirligi markaziy apparatida Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, bunga qadar esa Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida 2017 yildan buyon biznes-ombudsman lavozimida ishlab kelayotgan Dilmurod Kasimov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Biznes-ombudsmanning asosiy vazifalari:

— Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda ishtirok etish.

— Davlat organlari tomonidan tadbirkorlar huquqlariga rioya etilishini nazorat qilish.

— Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarning qonuniyligini monitoring qilish.

— Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Eslatib o‘tamiz, Biznes-ombudsman — tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli mansabdor shaxs hisoblanadi. U prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid