add

Yangi G‘azo umid bo‘lishi mumkin – Trampning kuyovi sektorning bosh rejasini taqdim qildi

Bugun 17:342 daqiqa

Jared Kushner AQSHning urushni tugatish hamda mintaqani o‘zgartirishdan boshqa «B reja»si yo‘qligini aytdi

Yangi G‘azo umid bo‘lishi mumkin – Trampning kuyovi sektorning bosh rejasini taqdim qildi

AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda yetakchi rol o‘ynayotgan Jared Kushner bugun, 22-yanvar kuni Davosda qaynotasi tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida G‘azo «ajoyib salohiyatga ega» ekanini aytdi.

«Yangi G‘azo umid bo‘lishi, manzilga aylanishi mumkin. Bugun G‘azoning o‘zidayoq bir nechta imkonsiz deb hisoblangan ishlarni amalga oshirdik, nega yanada ko‘proq imkonsiz ishlarga qodir bo‘lmasligimiz kerak?» — dedi Kushner.

U “tinchlik – bu biznes kelishuvidan farq qilishi”ni tan oldi. Biroq Davosda ekranga chiqarilgan bir qator slaydlar orqali Kushner G‘azoni qayta rivojlantirish bo‘yicha “bosh reja”ni taqdim etdi va AQSH Prezidenti ma’muriyati urushni tugatish hamda mintaqani o‘zgartirishga qaratilgan ko‘p bosqichli sa’y-harakatlardan tashqari «B reja»ga ega emasligini aytdi.

ss копия

Kushner rejaning katta qismi HAMASning qurolsizlanishiga bog‘liq ekanini ta’kidlab, AQSH o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining shu qismini “qat’iy ta’minlashini” bildirdi.

«Agar HAMAS qurolsizlanmasa, aynan shu holat G‘azo va G‘azo aholisini o‘z orzularini amalga oshirishdan to‘sib turadi», dedi Kushner.

Prezidentning kuyovi, shuningdek, ishtirokchilarni shubha va boshqa davlatlar bilan bo‘lgan raqobatni «Tinchlik kengashi» doirasida bir chekkaga surib, «30 kunga xotirjam bo‘lishga» chaqirdi.

«Keling, qo‘limizdan kelganicha birga ishlashga harakat qilaylik. Bu yerdagi maqsadimiz – Isroil bilan Falastin xalqi o‘rtasida tinchlikka erishish», dedi u.

Donald Tramp esa urushdan vayron bo‘lgan hududni qayta qurish haqida gapirar ekan, G‘azoni «juda chiroyli mulk» deb atab, o‘zini «qalban ko‘chmas mulk sohasi odami» deb ta’rifladi.

«Men aslida ko‘chmas mulk sohasi odamiman va buning barchasi joylashuvga borib taqaladi. Men aytdim: qarang, dengiz bo‘yida joylashgan manzil. Qarang, bu qanday ajoyib mulk. U qanchadan-qancha odamlar uchun nimalarga aylanishi mumkin. Bu juda, juda ajoyib bo‘ladi», — dedi u Davosda o‘tgan “Tinchlik kengashi” marosimida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Davosda Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etgandi.

Teglar

Mavzuga oid