
Yaponiya dunyoda eng tez internet uzatish rekordini yangiladi
31.05.2025 | 22:0047912
Soniyasiga 1,02 petabit tezlikka ega texnologiya sun’iy intellekt va 6G uchun mo‘ljallangan.

Yaponiya muhandislari ma’lumot uzatish sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatishdi — ular 1808 kilometr masofaga soniyasiga 1,02 petabit yoki 127 500 gigabayt ma’lumot uzatishga erishdi. Bu natija dunyodagi eng yuqori internet tezligi hisoblanadi.
Bu kabi yuqori tezlik bilan 4K formatdagi filmni 0,0001 soniyada yuklab olish mumkin. Ya’ni faqatgina bir soniya ichida taxminan 10 000 ta filmni yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi.
Bunday uzatish imkoniyatiga 19 kanalli yangi turdagi optik tolali kabel orqali erishildi. An’anaviy kabellarda odatda faqat bitta kanal ishlatiladi, bu esa ma’lumot almashinuvida jiddiy farq yaratishi mumkin.
Yangi texnologiya sun’iy intellekt tizimlari, 6G aloqasi va “internet narsalar”i (IoT) kabi yuqori talabga ega sohalar uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, bu internet tizimini oddiy uy foydalanuvchilariga ham joriy etish rejalashtirilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kelgusi yillarda bu texnologiya ma’lumot markazlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va raqamli infratuzilmalarning asosiy qismlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.





