add

Yaponiya olimlari barcha qon guruhlari uchun mos sun’iy qon yaratdi

04.06.2025 | 10:0034552

Yaponiyalik tadqiqotchilar donorlar tanqisligi muammosini hal etishi mumkin bo‘lgan universal sun’iy qon namunasini yaratishdi. Ushbu mahsulot turli qon guruhlariga ega bo‘lgan bemorlarga xavfsiz tarzda qo‘llanilishi mumkin.

Yaponiya olimlari barcha qon guruhlari uchun mos sun’iy qon yaratdi
Sun’iy qon muddati o‘tgan donor qonidan olingan gemoglobin asosida ishlab chiqilgan. Uni tayyorlashda maxsus himoya qobig‘i qo‘llanilgan bo‘lib, u gemoglobinni viruslardan tozalaydi va uning antitanachasiz bo‘lishini ta’minlaydi. Shu tufayli, yangi mahsulot turli qon guruhlari uchun to‘g‘ri keladi. 2022 yilda boshlangan klinik sinovlar jarayonida hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan. Yaponiya olimlarining ta’kidlashicha, sun’iy qonni 2030 yilgacha ommaviy ishlab chiqarish va tibbiyot amaliyotiga joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, sun’iy qonning yana bir ahamiyatli jihati —uni xona haroratida 2 yilgacha saqlash mumkin. Bu esa favqulodda vaziyatlarda, masofaviy hududlarda va front shifoxonalarida uning qo‘llanish imkonini yanada kengaytiradi. Ushbu yutuq qon yetishmovchiligi, turli guruhlar o‘rtasidagi nomutanosiblik muammosi va xavfli infeksiyalardan himoya qilish kabi masalalarni yechishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Yaponiya olimlari barcha qon guruhlari uchun mos sun’iy qon yaratdi | Vaqt.uz