add

Yaponiyada keksa o‘qituvchi do‘konda qo‘shimcha ish qilgani uchun maktabdan bo‘shatildi

28.07.2025 | 12:1533754

Okayama shahrida jamoat maktabining 60 yoshli o‘qituvchisi dam olish kunlarida kunduzgi do‘konda qo‘shimcha ishlagani uchun ishdan bo‘shatildi. Mahalliy ta’lim boshqarmasi bu voqea munosabati bilan bolalar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi.

Yaponiyada keksa o‘qituvchi do‘konda qo‘shimcha ish qilgani uchun maktabdan bo‘shatildi
Voqea 4 iyul juma kuni Kurasiki shahrida jamoat o‘rta maktabi o‘qituvchisini do‘konda sotuvchi sifatida ishlayotganini ko‘rgan fuqaro voqeadan maktab jamoasini voqif qilgan. Ertasi kuni maktab direktori shaxsan o‘zi borib, holatni tasdiqlagan. Ushbu o‘qituvchi o‘sha paytda ta’lim soatidan tashqari, dam olish bo‘lgan shanba kuni ishlayotgani aniqlangan, deb yozadi Soranews. Odatda Yaponiyada qo‘shimcha ish olib borishga qaratilgan umumiy ta’qiq amalda bo‘lib, bunday mehnat shartnomalari o‘qituvchilarning faqat asosiy vazifasiga e’tibor qaratishi kerakligini belgilaydi. Ushbu holatda ham muammo o‘qituvchining qilgan ishida emas, balki qo‘shimcha daromad olishining o‘zida bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi 2023 yil noyabridan beri do‘konda qisman ishlagan va shu paytgacha taxminan 1,7 mln iyena (taqriban 12 ming AQSH dollari) ishlab topgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishga uni pensiyaga chiqqanidan so‘ng, pastroq maosh bilan qayta ishga qabul qilinganidan keyingi moliyaviy ahvoli majbur qilgan. Shunga qaramay, o‘qituvchi o‘z harakati uchun rasman kechirim so‘rab, «jamoat ta’lim tizimiga bo‘lgan ishonchga putur yetkazganini tan oldi». Okayama shahri ta’lim kengashi rahbari esa, «bu holat bolalar va ularning ota-onalarida jiddiy xavotir uyg‘otdi», deya bayonot berdi hamda ta’lim tizimiga bo‘lgan ishonchni tiklash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi. Endi keksa o‘qituvchi ham maktab, ham do‘kondagi ishini tashlash niyatida. Bu esa kelgusidagi moliyaviy ahvolini murakkablashtirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid