add

Yashirin navbatlarmi yoki tizimlashgan yotoqxona? — vazirlik bayonot berdi

13.09.2025 | 22:3619743

Vazirlik talabalarning yotoqxona muammosiga munosabat bildirdi. Har bir ariza navbatga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Yashirin navbatlarmi yoki tizimlashgan yotoqxona? — vazirlik bayonot berdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yotoqxonaga joylashtirishdagi muammolar haqida rasmiy bayonot berdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, talabalarning barcha arizalari maxsus ma’muriy reglament asosida ko‘rib chiqilmoqda va bu jarayonda ustuvorlik ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga berilyapti. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab yotoqxonaga joylashish to‘liq onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. 2025 yil 12 sentyabr holatiga ko‘ra, 1-bosqichga tavsiya etilgan 63 ming 804 nafar talabadan 40 ming 265 nafari avtomatik ravishda yo‘llanma olgan, 21 ming 767 nafari esa navbatda turibdi. Ulardan 15 ming 796 nafari kunduzgi ta’limda, 5 450 nafari esa OTM hududida yashovchi hisoblanadi. Vazirlik arizalar «jarayonda» deb ko‘rsatilishi kechiktirish emas, balki bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha avtomatik navbat shakllantirilganini bildirishini ta’kidladi. Boshqacha aytganda, ariza to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etilmaydi, balki bo‘sh o‘rin paydo bo‘lishi kutilmoqda. Oylik bo‘lib to‘lanadigan ijara to‘lovlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Qonunchilikka muvofiq, talabalarning 60 foiziga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qaytariladi. Masalan, Toshkentda bu miqdor 412 ming so‘mni, boshqa hududlarda 206 ming so‘mni tashkil etadi. Hukumatning 2021 yil 605-sonli qaroriga binoan, bu chora ko‘rilgan.

Teglar

Mavzuga oid