add

Yekaterinburgda ozarboyjonliklar diasporasi rahbari kuch ishlatib qo‘lga olindi

02.07.2025 | 08:4510292

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida «Ozarboyjon-Ural» tashkiloti rahbari Shohin Shixlinskiy maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olindi. Uning avtomobili to‘xtatilib, oynalari sindirilgan va Shixlinskiy kuch bilan chiqarib olingan.

Yekaterinburgda ozarboyjonliklar diasporasi rahbari kuch ishlatib qo‘lga olindi
«Baza» manbasining yozishicha, Shixlinskiy o‘g‘li bilan birga qo‘lga olingan. Shohin Shixlinskiyga nisbatan hozircha ayblov qo‘yilmagan — u guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda, deb yozadi haqqin.az. Avvalroq, Shixlinskiy Safarovlar ishi doirasida so‘roq qilingan. Ushbu ish 2001 yilda Yunus Pashayev nomli savdogarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Voronej shahrida Alekseyevskiy bozori hammuassisi, ozarboyjonlik tadbirkor Yusuf Xalilov ham qo‘lga olindi. Rossiya OAVlariga ko‘ra, u Ozarboyjon diasporasining norasmiy yetakchilaridan biri sifatida qaraladi.
Avvalroq Yekaterinburgda politsiya reydi paytida ozarboyjon millatiga mansub aka-uka tadbirkorlar Huseyn va Ziyaddin Safarovlar  og‘ir qiynoqqa solinib o‘ldirilgan edi. Shundan so‘ng Ozarboyjon tomoni Rossiyaga norozilik notasi jo‘natgan, Rossiyaga tegishli «Sputnik-Azerbaydjan» agentligining Bokudagi ofisida hibsga olishlar bo‘lib o‘tgan edi. Shuningdek Ozarboyjonda ishlayotgan rossiyalik relokantlar kontrabandada gumonlanib qo‘lga olingan.

Teglar

Mavzuga oid