add

Yengil sanoat korxonalarining qator xarajatlarini davlat qoplab beradi

Hukumat qarori bilan yengil sanoat korxonalarini xalqaro brendlar bilan hamkorlik va mutaxassislar tayyorlash xarajatlarini qoplash orqali rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilindi.

Yengil sanoat korxonalarining qator xarajatlarini davlat qoplab beradi

Hukumatning 2025 yil 17-noyabrdagi 729-sonli qarori bilan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi qoshida faoliyat yurituvchi Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ushbu nizom tadbirkorlik sub’ektlariga soha rivoji uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda mablag‘ ajratish mexanizmlarini belgilaydi. Jumladan, xalqaro brendlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bu yordam brend egalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sorsing kompaniyalari xizmatlaridan foydalanish, transport va mehmonxona xarajatlari, shuningdek, tarjimonlik xizmatlarini qamrab oladi.

Shu bilan birga, mutaxassislarni o‘qitish maqsadida o‘quv-treninglarida ishtirok etish xarajatlari ham qoplab beriladi. Bu yo‘nalishga trening to‘lovi, transport xarajatlari va mehmonxona sarflari kiradi.

Shuningdek, nizomga muvofiq, moliyaviy yordam olish uchun tadbirkor ariza va zarur hujjatlarni taqdim etadi. Ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qaror qabul qilinganidan so‘ng, tadbirkorga bir ish kuni ichida rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Yengil sanoat korxonalarining qator xarajatlarini davlat qoplab beradi | Vaqt.uz