add

Yer qa’ridagi qonunbuzarlikni fosh etganlar mukofotlanadi

24.07.2025 | 10:3014463

Yer qa’ridan foydalanishdagi qonunbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolar endi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, video-dalillar asosida “Geomonitoring” tizimi orqali murojaat qilgan shaxslarga BHMning bir baravarigacha pul mukofoti to‘lanishi mumkin.

Yer qa’ridagi qonunbuzarlikni fosh etganlar mukofotlanadi
2025 yil 22 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi 457-sonli qarorni qabul qildi. Qarorga asosan, shaxslar videotexnika vositalari orqali yer qa’ri bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlarini tasvirga olib, “Geomonitoring” axborot tizimi orqali Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim. Yuborilgan materiallarda qonunbuzarlik holati, uni sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa), voqea sodir bo‘lgan joy, sana va vaqt aniq ko‘rsatilishi shart. Materiallar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki tashish holatlari bo‘yicha xabar bergan shaxslar huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi. Mineral xomashyoni qayta ishlash kabi boshqa huquqbuzarliklar uchun esa jarima miqdorining 5 foizi to‘lab beriladi. Bu orqali nafaqat fuqarolarning faolligi oshishi, balki geologik resurslarni muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratining kuchayishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid