add

Yerda so‘nggi uch oydagi eng kuchli magnit bo‘roni qayd etildi

15.09.2025 | 20:4015223

Olimlarning ta’kidlashicha, voqea Yerning yirik koronal teshik ta’sir zonasiga kirib qolishi bilan bog‘liq.

Yerda so‘nggi uch oydagi eng kuchli magnit bo‘roni qayd etildi
15 sentyabr kuni Yerda kutilmagan tarzda kuchli magnit bo‘roni kuzatildi. Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi (XRAS) ma’lumotiga ko‘ra, bo‘ron darajasi G3 sathidan kam emasligi qayd etilgan. Bu so‘nggi uch oydagi eng kuchli geomagnit holat sifatida qayd etildi. Olimlarning ta’kidlashicha, voqea Yerning yirik koronal teshik ta’sir zonasiga kirib qolishi bilan bog‘liq. Yer 15 sentyabrga o‘tar kechasi ushbu chegarani kesib o‘tgan. Avvalroq mutaxassislar faqat yengil qo‘zg‘alishlar – G1 sathidan oshmaydi, deb bashorat qilgan, ammo amalda vaziyat ancha og‘irlashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi marta shunchalik kuchli magnit bo‘roni 1–2 iyun kunlari kuzatilgan edi. Bu esa oradan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tgach yana qaytalangan holat hisoblanadi. Mutasaddilarning fikricha, geomagnit vaziyatdagi umumiy buzilish 4–6 kun davom etishi mumkin. Atrof-Yer fazosidagi to‘liq barqarorlik esa haftaning oxirida kuzatilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ekspertlar koronal teshik ta’siri barqaror emasligini qayd etdi. Bo‘ron bir necha soatlik kuchayishlar va oraliq susayishlar bilan kechmoqda. Hozirgi lokal kuchayish 6–9 soatda tugashi mumkin, biroq mutaxassislar vaziyatni oldindan aniq bashorat qilish qiyinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid