add

«Yerusti halqa yo‘li» metrosi faoliyati to‘liq tiklandi

Bugun 10:242081

1 noyabrdan Toshkent metrosining «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» yo‘nalishi qayta ish boshladi. Yo‘nalishda 12 ta poyezd 7 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.

«Yerusti halqa yo‘li» metrosi faoliyati to‘liq tiklandi

Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» — xalq orasida «Yerusti halqa yo‘li» nomi bilan tanilgan yo‘nalishi 1 noyabr kunidan boshlab faoliyatini to‘liq tikladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Poyezdlar orasidagi interval 7 daqiqani tashkil etmoqda. Bu jamoat transportida tezlik va muntazamlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Avvalroq ushbu yo‘nalish 18 oktyabr atrofida qayta ishga tushishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan edi. Biroq, sinov jarayonlarini takomillashtirish hamda poyezdlar harakatini ikki barobar tezlashtirish maqsadida ochilish sanasi 1 noyabrga ko‘chirilgan.

Yo‘nalishdagi texnik sinovlar davomida poyezdlar harakatini barqarorlashtirish, signalizatsiya tizimini yangilash va xavfsizlik talablarini kuchaytirish ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘nalish bekatlarining ikkitasi 8 iyundan, yana oltitasi 28 iyundan, qolgan bekatlar esa 2 avgustdan vaqtincha yopilgan edi. Butun yo‘nalish taxminan ikki oy, ayrim bekatlar esa uch oydan ziyod faoliyat ko‘rsatmagan.

Teglar

Mavzuga oid

«Yerusti halqa yo‘li» metrosi faoliyati to‘liq tiklandi | Vaqt.uz