add

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini kechiktirdi: G7 bosimi ortib bormoqda

16.09.2025 | 14:4043583

Bryussel Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini e’lon qilishni kechiktirdi. G7 davlatlari hali muzokaralarni tugatmadi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini kechiktirdi: G7 bosimi ortib bormoqda
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiya paketini taqdim etishni ikki haftaga kechiktirdi. Bunga G7 mamlakatlarining muzokaralarni tugatmagani va AQSHning qo‘shimcha bosimi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bloomberg agentligi ma’lum qilishicha, hozir Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH rasmiylari 19-paket sanksiyalarning shakli ustida ish olib bormoqda. Hujjat tayyor bo‘lishi kutilgan muddat — ikki hafta. Bloomberg va Politico xabariga ko‘ra, Vashington Bryusseldan avval o‘zining qat’iy sanksiya paketini qabul qilishni talab qilgan. AQSH G7dan, ayniqsa Xitoy va Hindistonga nisbatan 100 foizlik tariflar joriy etishni, bu davlatlarning Rossiya neft mahsulotlarini xarid qilishini cheklashni talab qilmoqda. Yevropa Ittifoqi avval ham o‘z sanksiya siyosatini «Katta yettilik» bilan muvofiqlashtirib kelgan. Biroq bu gal AQSHning qattiq bosimi Yevroittifoqda ichki qarama-qarshiliklarga olib kelmoqda. Donald Tramp Yevropa davlatlarini sanksiyalarda sustkashlikda ayblab, «Moskvadan neft xarid qilish davom etar ekan, sanksiyalar foyda bermaydi», deb bayonot berdi. Le Monde ma’lumotiga ko‘ra, Tramp faqat Rossiya emas, balki Xitoy mahsulotlariga ham yuqori tariflar joriy qilishni talab qilmoqda. Bryussel esa buni iqtisodiy jihatdan maqbul emas, deb hisoblamoqda. Yevropada Rossiya neft mahsulotlarining asosiy xaridorlari — Vengriya va Slovakiya hisoblanadi. Politico xabarida aytilishicha, AQSH va YeI aynan shu mamlakatlarga bosimni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Rossiya esa G‘arb sanksiyalarini qonunga zid va bir tomonlama bosim deb baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid