add

Yevropa 2027 yilgacha Rossiyadan neft va gaz olishni to‘xtatadi — Tramp bilan yangi shartnoma imzolandi

28.07.2025 | 12:3025423

Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti, gazi va yadroviy yoqilg‘isini to‘liq rad etib, bu ehtiyojni Amerika yoqilg‘i mahsulotlari bilan qoplashni rejalashtirmoqda. Bu qadam Donald Tramp va Ursula fon der Lyayen o‘rtasidagi yangi savdo shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.

Yevropa 2027 yilgacha Rossiyadan neft va gaz olishni to‘xtatadi — Tramp bilan yangi shartnoma imzolandi
Yevropa komissiyasi raisi Ursula Fon der Lyayenning aytishicha, kelishuv Yevropa Ittifoqi uchun eng muhim energiya xavfsizligi qadamlaridan biri bo‘ladi. E’tiborli jihati — 2027 yilgacha Yevroittifoq Rossiyadan neft va gaz import qilmaslikka intiladi. Buning o‘rnini bosish uchun AQSHdan 750 mlrd dollarlik suyultirilgan tabiiy gaz va neft xarid qilinadi. Shartnoma nafaqat energetika, balki avtomobilsozlik, yarim o‘tkazgichlar va farmatsevtika sohalarini ham qamrab oladi. Yevropa mahsulotlari uchun AQSHdagi tariflar 30 foizdan 15 foizga tushiriladi. Ayrim yo‘nalishlarda, xususan, samolyotlar va ularning ehtiyot qismlari uchun nol tarif joriy etiladi. Ammo alkogol mahsulotlariga oid tariflar hali kelishilmagan. Tramp ushbu shartnomani «tarixdagi eng yirik savdo kelishuvi» deb atadi. Unga ko‘ra, Yevroittifoq AQSH iqtisodiyotiga 600 mlrd dollar investitsiya kiritadi va katta miqdorda harbiy texnika xarid qiladi. U Yevropa mamlakatlarini AQSH mashinalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘siqlar qo‘yganlikda ayblab, «endi hammasi odilona va o‘zaro manfaatli bo‘ladi», deya bayonot berdi. Kelishuv 1 avgust, juma kunidan kuchga kiradi. AQSH va Yevropa o‘rtasidagi muzokaralar bu bahordan beri davom etayotgan edi. Ushbu qadam global savdo tizimida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid