add

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda

2025 yil oxiriga qadar Toshkent shahrida Yevropa investitsiya bankining (YIB) O‘zbekistondagi ilk rasmiy ofisi ochiladi. Bu haqda bankning kredit bo‘yicha katta mutaxassisi Davide Monguzzi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ma’lum qildi. Yangi ofis mamlakatda barqaror infratuzilmani rivojlantirish va Yevropa bilan hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim bosqich bo‘ladi.

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Monguzzining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror 3 aprel kuni Samarqandda imzolangan strategik bitim asosida qabul qilindi. Ushbu hujjat O‘zbekistonda YIBning mintaqaviy vakolatxonasini tashkil etishni nazarda tutadi. Bankning maqsadi – mamlakatda transport va suv xo‘jaligi sohasidagi yirik loyihalarni moliyalashtirish hamda «yashil» iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashdir. YIB ayni paytda Qoraqalpog‘iston va Samarqand shaharlarida transport oqimini yaxshilashga qaratilgan aniq loyihalarni amalga oshirish ustida ish boshlagan. Shuningdek, bank suv resurslari, yo‘llar ta’miri, temir yo‘l va pullik avtomagistrallar qurilishi kabi sohalarda investitsiya kiritish niyatida. Uning muhandislik guruhida 400 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Yevropa investitsiya banki loyihalarda faqat mablag‘ ajratish emas, balki ularni birgalikda amalga oshirishga ham qiziqish bildirmoqda. Bunda bankning boshqa mamlakatlardagi ko‘p yillik tajribasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Toshkentdagi yangi ofis YIB va O‘zbekiston o‘rtasidagi texnik va moliyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. Yaqinda bank Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan 365 mln yevroga teng barqaror transport va suv boshqaruvi loyihalari uchun memorandum imzoladi. Shuningdek, bank Toshkent–Samarqand те́зюрар temir yo‘lini moliyalashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Teglar

Mavzuga oid