add

Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaasi uchun yana 2 mlrd yevro ajratdi

13.05.2025 | 09:3026413

Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaasiga Rossiya aktivlaridan tushgan foizlar hisobidan ikki hafta ichida 2 mlrd yevro mablag‘ yo‘naltirdi. Bryusselda o‘tgan YeI–Ukraina mudofaa forumida strategik hamkorlik yangi bosqichga chiqdi.

Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaasi uchun yana 2 mlrd yevro ajratdi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga mudofaa ehtiyojlari uchun yana 900 mln yevro ajratishini e’lon qildi. Bu mablag‘ Rossiya aktivlaridan tushgan foizlar hisobidan beriladi. Avvalroq, 9 may kuni Yevroittifoq tashqi ishlar xizmati rahbari Kaya Kallas tomonidan yana 1 mlrd yevro mablag‘ ajratilishi ma’lum qilingan edi. Shu bilan Ukraina mudofaa sanoatiga ajratilgan umumiy yordam 3,3 mlrd yevroga yetdi. Bryusselda o‘tgan mudofaa forumida Ukraina hukumati Yevropa mudofaa sanoati bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Yevropa aerokosmik va mudofaa sanoati assotsiatsiyasi (ASD) bilan memorandum imzoladi. Hamkorlikni kengaytirish uchun maxsus onlayn-platforma ham ishga tushirildi. Shuningdek, YeI va Ukraina «ReArm Europe» dasturi doirasida Ukraina sanoatini Yevropa mudofaa tizimiga integratsiya qilish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Bu orqali Kiyev o‘zining ilmiy va harbiy salohiyatini Yevropa bilan yanada yaqinlashtirishga harakat qilmoqda. Forumda jurnalistlarga faqat ochilish marosimida qatnashishga ruxsat berildi. Siyosiy nutqlardan so‘ng ishtirokchilar uchun maxfiy uchrashuvlar va sohaviy seminarlar tashkil etildi.

Teglar

Mavzuga oid