add

Yevropa ommaviy, arzon va kuchli yangi dron-kamikadzeni ishlab chiqmoqda

22.06.2025 | 17:0038304

Ukrainadagi urush tajribasi asosida ishlab chiqilgan yangi dron-kamikadze — One-Way Effector, Yevropa qo‘shinlari uchun arzon va samarali halokat quroli bo‘ladi. U Parij aviasalonida taqdim etildi va 2027 yilda seriyali ishlab chiqarilishi mumkin.

Yevropa ommaviy, arzon va kuchli yangi dron-kamikadzeni ishlab chiqmoqda
Yevropaning MBDA raketa kompaniyasi Parij aviasalonida One-Way Effector deb nomlangan yangi  dron-kamikadze prototipini namoyish etdi. Loyiha Ukrainadagi urushda Eronning Shahed dronlaridan olingan tajriba asosida yaratilgan, deb yozmoqda Interesting Engineering. Tezligi 400 km/h bo‘lgan  dron reaktiv dvigatel bilan jihozlangan va 36 kg og‘irlikdagi harbiy yukni 500 km masofaga yetkazoladi. Bu ko‘rsatkichlar uni Shahed-136 bilan solishtirganda tezroq, ammo kamroq masofaga ucha oladigan qurol sifatida ajratadi. One-Way Effector asosan dushmanning havo mudofaa tizimini chalg‘itish va to‘sish maqsadida ishlab chiqilmoqda. MBDA vakiliga ko‘ra, dron narxi qanotli raketaga nisbatan ancha arzon bo‘ladi va uni ommaviy tarzda ishlab chiqarish imkoniyati bor. Fransiya harbiylari loyihani faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, nomi oshkor qilinmayotgan avtomobilsozlik kompaniyasi ishtirokida dronlarni oyiga 1000 dona miqdorida ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu maqsadda tayyor bo‘lgan qismlar — jumladan, 155 mm artilleriya snaryadlari uchun mo‘ljallangan yarimahsulotlardan foydalaniladi. One-Way Effector sun’iy intellekt bilan jihozlanmagan bo‘lsa-da, uni uchirishda ishga tushirish mumkin. Bu orqali dronlar «to‘da» hosil qilib, dushman HHH tizimini haddan ziyod yuklantirib, samarali hujum qilish imkoniyatini yaratadi. Dronning ilk parvozi 2025 yil kuziga rejalashtirilgan. Agar Fransiyaning qurollanish agentligi DGA kelishuvni ma’qullasa, dronlarning ommaviy ishlab chiqarilishi 2027 yildan boshlanishi mumkin. Loyiha Yevropa mudofaa strategiyasidagi arzon, tezkor va yuqori shiddatli mojarolarda samarali bo‘lgan qurollar ishlab chiqishga qaratilgan yangi tendensiyani aks ettiradi.    

Teglar

Mavzuga oid