add

Yevropa osmonida noma’lum dronlar ko‘paygani sabab «dron devori» qurmoqchi

So‘nggi oylarda Yevropaning harbiy va fuqarolik ob’ektlari osmonlarida yuzlab dronlar paydo bo‘ldi, yetakchilar aybni Rossiyadan ko‘rishmoqda.

Yevropa osmonida noma’lum dronlar ko‘paygani sabab «dron devori» qurmoqchi

So‘nggi ikki oy ichida Yevropaning turli mamlakatlarida yuzlab noma’lum dronlar aniqlanmoqda. Bu dronlar harbiy bazalar, elektr stansiyalari va fuqarolik infratuzilmalari ustida uchib, xavfsizlik tizimlarini hushyorlikka chorlamoqda. Yevropa Ittifoqi buni Rossiyaning maxsus xizmatlari hujumi deb baholamoqda va umumevropa «dron devori» loyihasini muhokama qilmoqda.

Belgiyada dronlar tufayli Brussel va Liyej aeroportlari vaqtincha yopildi. Shvetsiyaning ikkinchi yirik aeroporti – Landvetterda ham shubhali dron qayd etildi. Ayrim holatlarda butun mamlakat havo fazosi vaqtincha yopilib, minglab reyslar kechiktirildi yoki bekor qilinmoqda.

Daniya, Germaniya, Norvegiya va Buyuk Britaniyada ham shunday holatlar qayd etildi. Masalan, Kopenhagen aeroportida bir vaqtda olti aeroport faoliyati to‘xtatilgan, Londonda esa dronlarga qarshi jangovar darajadagi choralar ishga tushirilgan. Bir qator davlatlar harbiy qoidalarga o‘zgartirish kiritib, dronlarga qarshi o‘t ochish huquqini rasman qabul qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi dron tahdidlariga qarshi kurashish maqsadida chegaralar bo‘ylab lazer qurollari, signal buzuvchi tizimlar va dronlarni aniqlash uskunalarini qamrab oluvchi «dron devori» tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu tizim ittifoqga a’zo va unga qo‘shilmagan, lekin tahdidga uchrayotgan mamlakatlar o‘rtasida ham muvofiqlashtiriladi.

Rossiya esa bu boradagi barcha ayblovlarni rad etmoqda. Kreml vakillari dronlar bilan bog‘liq hech qanday faoliyat olib bormayotganini bildirmoqda. Biroq Yevropa siyosatchilari bu bayonotlarga ishonmayapti. Hozircha vaziyat diplomatik tarzda emas, xavfsizlik nuqtayi nazaridan hal qilinayotganga o‘xshaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Yevropa osmonida noma’lum dronlar ko‘paygani sabab «dron devori» qurmoqchi | Vaqt.uz