add

Yevropa Rossiya pullarini nima qilish haqida bosh qotirmoqda

10.09.2025 | 21:0047753

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning G‘arb banklarida muzlatilgan aktivlari taqdiri bo‘yicha yana bir muhim bayonot berdi.

Yevropa Rossiya pullarini nima qilish haqida bosh qotirmoqda
Yevropa komissiyasi Rossiyaning G‘arbda muzlatilgan aktivlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri musodara qilishdan voz kechdi. Biroq ulardan Ukrainaga «reparatsiya krediti» berish uchun foydalanishni davom ettirmoqchi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevroparlamentning Strasburgdagi sessiyasida Yevropa Ittifoqidagi ahvol to‘g‘risidagi yillik ma’ruzasida ma’lum qildi.  U Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Ukrainaning harbiy harakatlarini Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirish imkonini beruvchi yangi qarorni tezda qabul qilish zarurligini ta’kidladi. «Rossiyaning ushbu aktivlari bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan biz Ukrainaga reparatsion kredit ajratishimiz mumkin. Aktivlarning o‘zi musodara qilinmaydi, ammo xatarlarni o‘z zimmamizga olishga to‘g‘ri keladi», - dedi u. Fon der Lyayen, Ukraina kreditni faqat Rossiya «tovon to‘laganidan» keyin qaytarishini qo‘shimcha qildi va bu mablag‘lar Kiyevga hozirdanoq yordam berayotgani hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning G‘arb banklarida muzlatilgan aktivlari bo‘yicha uzoq kutilgan bayonotni berdi. Bu masaladagi pozitsiya aniq: aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri musodara qilish yo‘li tanlanmadi, ammo ulardan Ukrainaga moliyaviy yordam sifatida foydalanish imkoniyati saqlanib qoldi. Bryussel Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar siyosatini davom ettirmoqchi, ammo shu bilan birga huquqiy muammolarga yo‘liqmaslik uchun «aylanma» mexanizmdan foydalanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid