add

Yevropada oilalarga ijtimoiy yordam bo‘yicha yetakchi davlatlar aniqlandi

10.08.2025 | 19:005813

Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda oilalarga yordam bo‘yicha eng yuqori xarajatlar Lyuksemburg, Skandinaviya mamlakatlari va Germaniyada qayd etilgan.

Yevropada oilalarga ijtimoiy yordam bo‘yicha yetakchi davlatlar aniqlandi
Euronews Businessʼning yozishicha, Yevropa mamlakatlarida oilalarga ijtimoiy yordam miqdori katta farq qiladi. Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda YeI mamlakatlari bir nafarga o‘rtacha 830 yevro sarflagan — bu 2012 yildagi 566 yevro ko‘rsatkichidan 47 foizga ko‘p. Lyuksemburg oilalarga yordam bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘lib, har bir shaxsga 3789 yevro sarflagan. Undan keyin Norvegiya (2277 yevro), Daniya (1878 yevro), Islandiya (1874 yevro), Shvetsiya (1449 yevro ) va Finlyandiya (1440 yevro) keladi. Professor Ann Dagerning ta’kidlashicha, Skandinaviya davlatlari va Fransiyada ko‘p miqdordagi yordam bevosita xizmatlar orqali (masalan, bolalar parvarishi) ko‘rsatiladi, shu bois pul ko‘rsatkichlariga to‘liq aks etmasligi mumkin. Germaniya (1616 yevro), Shveysariya (1375 yevro), Avstriya (1340 yevro) va Irlandiya (1026 yevro) ham bir nafarga 1000 yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi. Belgiya (976 yevro) va Fransiya (867 yevro) YeI o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, ammo ming yevro chegarasidan past. Niderlandiyada bu ko‘rsatkich 670 yevro bo‘lib, YeI o‘rtachasidan 160 yevroga past. Italiya (524 yevro) va Ispaniya (427 yevro) esa ancha orqada. Eng past natija Bolgariyada — atigi 211 yevro. Umuman, oilalarga yordam bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Shimoliy va G‘arbiy Yevropada, eng pastlari esa Janubiy va Sharqiy Yevropada kuzatilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Yevropada oilalarga ijtimoiy yordam bo‘yicha yetakchi davlatlar aniqlandi | Vaqt.uz