add

Yevropaliklar Britaniyaning Yevroittifoqqa qaytishi tarafdori, lekin shartlari bor

14.07.2025 | 09:4019213

Yevropaning yetakchi davlatlarida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik fuqarolar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga qayta qo‘shilishiga rozi, ammo buning uchun mamlakat ittifoq siyosatlariga to‘liq rioya qilishi shart, deb hisoblaydi.

Yevropaliklar Britaniyaning Yevroittifoqqa qaytishi tarafdori, lekin shartlari bor
YouGov tashkiloti tomonidan Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Daniya va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan so‘rov natijalarida ko‘rsatilishicha, Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan davlatlarning aholisi orasida Britaniyaning qaytishiga nisbatan ijobiy munosabat mavjud. Qaytishiga eng katta qo‘llab-quvvatlash Germaniyada (63 foiz), keyin Fransiya (60 foiz) va Daniya (59 foiz)da qayd etilgan. Biroq so‘rovda ishtirok etganlarning aksari (58 foizdan 62 foizgacha) Britaniyani avvalgi imtiyozlari bilan emas, balki umumiy ittifoq siyosatlariga to‘liq qo‘shilish sharti bilan qabul qilish kerak, deb hisoblaydi. Jumladan, yevro va Shengen kelishuvidan istisno qilinish imkoniyatiga qarshi chiqishgan. Britaniyaning o‘zida esa 54 foizi aholi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qaytishi tarafdori ekanini bildirgan. Ammo agar bu qaytish avvalgi imtiyozlarsiz bo‘lsa, faqatgina 36 foiz so‘rov qatnashchisi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan, 45 foiz so‘ralganlar esa qarshilik bildirgan. Xususan, YeIda qolish uchun ovoz berganlar orasida ham yangi shartlarga nisbatan munosabat ehtiyotkorlik bilan qabul qilinmoqda. Yevropa Ittifoqi a’zolari orasida istisno sifatida Daniya qayd etildi – bu yerda 72 foizi fuqaro Britaniyaning qaytishi tarafdori bo‘lib, 43 foiz respondentlar avvalgi imtiyozlar saqlanishiga qarshi emasligini bildirishgan. So‘rov shuningdek, Shotlandiya mustaqillikka erishsa, uning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga ham keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlash mavjudligini ko‘rsatdi: beshta Yevropa davlatida respondentlarning 63 foizdan 75 foizigacha bunday qadamni ma’qullagan.

Teglar

Mavzuga oid

Yevropaliklar Britaniyaning Yevroittifoqqa qaytishi tarafdori, lekin shartlari bor | Vaqt.uz