
Yevroparlament bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirish yoshini cheklashni taklif qildi
Yevroparlament o‘smirlarda kuchayib borayotgan ruhiy salomatlik muammolariga qarshi kurash maqsadida tarmoqlarga kirish uchun yagona yosh cheklovini joriy etishni talab qilmoqda.

Yevroparlament bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi bo‘yicha minimal yosh belgilanishi zarurligini e’lon qildi. Reuters xabar berishicha, tashabbus o‘smirlar orasida ortib borayotgan ruhiy kasalliklar va xavfli elektron muhit ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Qaror majburiy bo‘lmasada, uni 483 deputat qo‘llab-quvvatlagan.
Parlament 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy platformalar, video almashish saytlari va sun’iy intellekt yordamchilariga faqat ota-onalar roziligi bilan kirishini taklif qilmoqda. 13 yoshdan kichiklarga esa to‘liq taqiq joriy etish taklif qilingan. Bu urinish avvalroq Avstraliya, Daniya va Malayziyada 16 yoshgacha bo‘lganlarga qo‘llanilishi kutilayotgan edi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham avval 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Biroq YIda yosh cheklovlarini belgilash vakolati milliy davlatlar ixtiyorida bo‘lgani uchun uni amalga oshirish tartibi hali ochiq qolmoqda.
Tashabbus muallifi — daniyalik deputat Christel Schaldemose— parlamentdagi muhokama chog‘ida bolalarning diqqati amerikalik va xitoylik texnogigantlar tomonidan «nazoratsiz eksperiment» aylanib qolganini ta’kidladi.
«Ushbu «eksperiment» ortida X rahbari Ilon Mask, Meta rahbari Mark Sukerberg, Xitoy Kommunistik partiyasi va ularning TikTok’dagi texnologiyaviy vositachilari turibdi».
Dunyoda ijtimoiy tarmoqlarning bolalar ruhiyatiga ta’siri borasida xavotir oshib bormoqda. TikTok, Snapchat, Google va Meta kabi kompaniyalar AQSHda o‘smirlar salomatligiga zarar yetkazgani uchun ayblanayotgan sud ishlariga duch kelgan.
Yevroparlament rezolyutsiyasi bolalar uchun lutbokslar — haqiqiy pulga sotib olinadigan virtual to‘plamlarni taqiqlash, algoritmlar bolalarga faqat aynan yoshiga mos kontent tavsiya qilishi, shuningdek, bolalarga mos saytlar yaratish bo‘yicha qonunchilikni kuchaytirishni ham taklif etdi.





