add

Yevroparlament sobiq deputati pul evaziga Rossiya manfaatlarini ilgari surgan

28.09.2025 | 20:3144633

Buyuk Britaniyaning Reform UK partiyasi sobiq rahbari va Yevroparlament deputati Natan Gill Rossiya manfaatlarini ilgari surish uchun pora olganini sudda tan oldi.

Yevroparlament sobiq deputati pul evaziga Rossiya manfaatlarini ilgari surgan
Prokuror Mark Geyvudga ko‘ra, siyosatchi 2021 yilda qo‘lga olinganda uning WhatsApp yozishmalari dalil sifatida topilgan va ular ishda asosiy rol o‘ynagan. Gill avval barcha ayblovlarni «mutlaqo yolg‘on» deb rad etib kelgan edi. Natan Gill 2014 yilda UKIP partiyasidan Yevroparlamentga saylangan, 2016 yildan uning Uelsdagi bo‘limini boshqargan. Keyinchalik u Brexit (hozirgi Reform UK) partiyasi safiga qo‘shilgan. Siyosatchi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qadar deputatlik mandatiga ega bo‘lgan. Tergov materiallarida ukrainalik sobiq deputat Oleg Voloshin nomi ham tilga olingan. AQSH, Britaniya va Kanada qo‘shma razvetka ma’lumotlariga ko‘ra, Gill Rossiya bilan aynan shu shaxs orqali bog‘langan. Ular Kremlning Yevropa siyosatchilari orasidagi ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilgan. AQSH Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Oleg Voloshin Rossiyaning FSB xizmati bilan yaqin hamkorlik qilgan. Uning vazifasi Yevropada siyosatchilarni yollash va ular faoliyatini Rossiya manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda moliyalashtirish bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid

Yevroparlament sobiq deputati pul evaziga Rossiya manfaatlarini ilgari surgan | Vaqt.uz