add

Yil boshidan beri kameral soliq tekshiruvlarida 30,1 trln so‘mlik tafovutlar aniqlandi

Kecha 21:451761 Daqiqa

Mazkur kameral tekshiruvlar jami soliq to‘lovchilarning 7,5 foizida o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Yil boshidan beri kameral soliq tekshiruvlarida 30,1 trln so‘mlik tafovutlar aniqlandi

2025 yil yanvar–oktabr oylarida 41,8 mingta soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining 7,5 foizini tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tekshiruvlarda 30,1 trln so‘m tafovutlar aniqlanib, soliq to‘lovchilarga tafovutlar to‘g‘risidagi talabnomalar yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:

soliq

QQS – 14,7 trln so‘m;

foyda solig‘i – 9,3 trln so‘m;

aksiz solig‘i – 3,4 trln so‘m;

mol-mulk solig‘i – 1,1 trln so‘m.

Hududlar bo‘yicha eng katta tafovutlar – 11,9 trln so‘m bilan Toshkent shahrida qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (3,2 trln so‘m) va Andijon viloyati (2,8 trln so‘m) turibdi.

Qayd etilishicha, eng katta tafovutlar quyidagi sohalarda aniqlangan:

umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish – 14,8 trln so‘m;

ishlab chiqarish – 6 trln so‘m;

qurilish – 3,4 trln so‘m;

transport – 2,4 trln so‘m;

qishloq xo‘jaligi – 1 trln so‘m.

Avvalroq O‘zbekistonda 10 oy mobaynida soliq huquqbuzarliklari haqida 93 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani haqida xabar qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

Yil boshidan beri kameral soliq tekshiruvlarida 30,1 trln so‘mlik tafovutlar aniqlandi | Vaqt.uz