Yil boshidan beri O‘zbekiston Tojikistonga qancha gaz sotdi?
Umumiy hisobda Tojikiston xorijdan 927,5 tonna yoqilg‘i mahsulotlarini import qildi.
© Foto: kommersant.ru2026-yilning yanvaridan iyungacha Tojikiston O‘zbekistondan 123,7 million kubometr tabiiy gaz oldi. Bu haqda Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Bu davr oralig‘ida mamlakat umumiy hisobda xorijdan 927 ming 500 tonna yoqilg‘i mahsulotlarini import qildi va ishlab chiqardi. Ushbu hajmning qariyb to‘rtdan uch qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi, Qozog‘iston esa ikkinchi yirik yetkazib beruvchi hisoblanadi. Rossiyaning import va ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 72,3 foizni, Qozog‘istonning ulushi esa 20,3 foizni, O‘zbekistonniki 2,2 foizni, Turkmanistonni 1,3 foizni tashkil etdi.

Asosiy mahsulotlar orasida dizel yoqilg‘isi, avtomobil benzini va suyultirilgan gaz yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Tojikiston neftni qayta ishlash zavodlari umumiy hajmning atigi 0,5 foizini tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston eksporti yarim yilda qariyb 1,6 milliard dollarga yetgani haqida yozgan edik. Mamlakat o‘z mahsulotlarini asosan Xitoy, Turkiya, O‘zbekiston, Belgiya va Shveysariyaga sotdi.





