add

Yil boshidan buyon 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi

27.10.2025 | 18:382721

Milliy statistika qo‘mitasi joriy yilning 9 oyi mobaynida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sonini ma’lum qildi.

Yil boshidan buyon 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi

2025 yilning yanvar–sentyabrida 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, savdo sohasida 22 918 ta, sanoatda 8 088 ta qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 7 714 ta hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 5 513 ta kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.

Shuningdek, 2025 yilning 1 oktyabr holatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlari soni 1 mln 212 mingtaga yetdi. Shundan kichik korxona va mikrofirmalar soni 479 mingtani, YATTlar soni 281,9 mingtani, dehqon xo‘jaliklari soni 422,3 mingtani, oilaviy tadbirkorlar 5,8 mingtani, hunarmandlar 22,1 mingtani va import tovarlari sotuvchilar 0,9 mingtani tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatiga (97 169 ta) to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun, faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 32,1 birlikni tashkil qildi.

Teglar

Mavzuga oid