add

«Yirtilgan pullar»ni ham ishlatsa bo‘ladimi?

Odatda shikastlangan yoki ifloslangan pullar to‘lov uchun qabul qilinmaydi, lekin ayrim hollarda bunday banknotalar rasman muomalaga yaroqli hisoblanadi. Markaziy bank belgilariga ko‘ra, quyidagi holatlarda pullar to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi mumkin.

«Yirtilgan pullar»ni ham ishlatsa bo‘ladimi?
O‘zbekiston Markaziy bankiga ko‘ra, muayyan darajada shikastlangan banknotalar muomalada foydalanilishi mumkin. Banknotalarning haqiqiyligini aniqlash imkoni saqlangan bo‘lsa, ular qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Jumladan, banknota shakli va tasviri taniladigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa, u holda pul qabul qilinishi mumkin. Faqat bu holat banknotaning asosiy belgilari — masalan, raqami, emblemasi, suv belgisi va boshqalarning 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lishi lozim. Banknota bo‘yicha yana bir yaroqli holat — uning kengligi yoki uzunligining to‘rtdan bir qismidan oshmagan qismda yopishtirilgan yartiqlar mavjud bo‘lishi. Bu turdagi yartiqlar banknotani to‘liq tanib bo‘lishini ta’minlasa, pul muomalaga yaroqli deb topiladi. Shuningdek, 1 sm²dan oshmagan miqdorda burchaklari yoki qismlari yopishtirilgan banknotalar, agar ular aniq ushbu kupyuraga tegishli ekani ma’lum bo‘lsa, qabul qilinadi. Agar burchaklar yirtib olingan bo‘lsa, ularning o‘zi kupyura bilan birga bo‘lishi va mos kelishini isbotlash mumkin bo‘lishi kerak. Banknotada mayda dog‘lar, yozuvlar yoki shtamp izi bo‘lishi uni yo‘qotilgan pul deb hisoblanishiga sabab bo‘lmaydi. Lekin bu belgilar ham banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermasligi, shuningdek, asosiy belgilari 50 foizdan ortig‘ini to‘sib qo‘ymasligi lozim. Agar banknotani teshib qo‘yilgan bo‘lsa ham, agar teshiklar soni ikkidan ortiq emas va ularning diametri 1 mmdan katta bo‘lmasa, hamda ular asosiy ma’lumotlarni to‘sib qo‘ymasa, bunday pullar ham qabul qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid