add

Yoaxim Lyov: «Milliy jamoa»dan taklif oldim. Bu O‘zbekistonmi?

16.07.2025 | 19:006943

Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yoaxim Lyov so‘nggi haftalarda bir necha klublar va bir milliy terma jamoadan taklif olganini ma’lum qildi.

Yoaxim Lyov: «Milliy jamoa»dan taklif oldim. Bu O‘zbekistonmi?
Germaniya terma jamoasini jahon chempioni qilgan mashhur murabbiy Yoaxim Lyov yana katta futbolga qaytishga tayyorlanmoqda. So‘nggi kunlarda OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Lyov bilan O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi muzokaralar olib bormoqda. Mutasaddilar tomonidan bu rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, 65 yoshli mutaxassisning so‘zlari ushbu ehtimolni yanada mustahkamladi. Jumladan, Lyov Germaniyaning Rust shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda jurnalistlar savoliga javoban so‘nggi haftalarda bir nechta klub va bir milliy terma jamoadan taklif olganini ma’lum qildi. «Mendan so‘rashmoqda: suhbatga tayyormanmi, qiziqishim bormi? Bu takliflar so‘nggi bir-ikki hafta ichida bo‘ldi», — dedi u. U hozirda taklif bergan jamoalarni o‘rganayotganini va bu haqda jiddiy o‘ylayotganini aytdi. Navbatdagi bosqichda esa u mas’ul shaxslar bilan uchrashib, «hamkorlik qilishga arziydimi, o‘zaro mos kelamizmi» degan savollarga javob topmoqchi. Uning ta’kidlashicha, yashash joyi bo‘lgan Frayburgni tark etish niyati yo‘q, ammo qisqa muddatli murabbiylik faoliyatini istisno qilmayapti. Ma’lumot uchun, Lyov 2006–2021 yillar davomida Germaniya terma jamoasini boshqargan va 2014 yilda Braziliyada jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Uning klub darajasidagi faoliyati «Shtutgart», «Fenerbaxche» va «Avstriya Vena» jamoalari bilan bog‘liq.

Teglar

Mavzuga oid