add

Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish qo‘llanadi

Yangi tartibga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish jazosi qo‘llaniladi.

Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish qo‘llanadi

2026 yil 4-fevralda qabul qilingan O‘RQ–1116-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlar yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun yangi ta’sir chorasini joriy etishni nazarda tutadi.

Qonunga ko‘ra, kam ahamiyatli huquqbuzarliklar sodir etilganda ma’muriy ogohlantirish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Ma’muriy ogohlantirish — huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarni takrorlamaslik to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirish va unga tanbeh berishdan iborat.

Ma’muriy ogohlantirish yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Bu jazo turi jarima yoki boshqa ma’muriy sanksiyalarga muqobil tarzda qo‘llanadi va profilaktik xarakterga ega hisoblanadi.

Qaysi huquqbuzarliklarga tatbiq etiladi

Ma’muriy ogohlantirish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1 va 2-qismlari, 128(prim 1), 128(prim 2), 128(prim 6), 135(prim 1) hamda 138-moddasi 1 va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.

Qo‘llash shartlari

Ushbu chora faqat huquqbuzar shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan taqdirda, shuningdek Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmagan hollarda vakolatli organ tomonidan qo‘llanadi.

Shuningdek, ma’muriy ogohlantirish bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas. Bu norma jazoni suiiste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid