add

Yoshlarimizni yot g‘oyalardan himoya qilaylik — DXX

12.08.2025 | 19:0036963

O‘zbekistonda 2004–2006 yillarda tug‘ilgan bir guruh yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik targ‘ibot bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Yoshlarimizni yot g‘oyalardan himoya qilaylik — DXX
DXX xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda internetda «diniy ma’lumot» yoki «mazmunli muloqot» niqobi ostida yot g‘oyalar tarqatilishi ortidan yoshlar ongi zaharlanishi holatlari ko‘paymoqda. Aniqlanishicha, mazkur yoshlar «Telegram» messenjerida kanal ochib, O‘zbekiston hududida taqiqlangan «Iroq va Shom islom davlati» hamda «Turkiston islom harakati»ga oid audio-video materiallar va da’vatlarni tarqatgan. Ular yopiq guruhlarda ham targ‘ibot ishlarini davom ettirgan. Ekstremistik g‘oyalar ta’sirida qolgan bu yoshlar Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlarga qo‘shilish niyatida bo‘lib, «jihod», «hijrat» va «shahid» shiorlarini hayotiy maqsad sifatida ko‘rsatishga harakat qilgan. Shu bilan birga, «Instagram»da shaxsiy sahifalar ochib, taqiqlangan kontentni tarqatgan va yanada ko‘proq yoshlarni tuzoqqa tortmoqchi bo‘lgan. Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ular ushlandi. Mutasaddilar yoshlarni har qanday shubhali sahifalardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX ayrim yoshlar va xorijda mehnat qilayotgan muhojirlar orasida «A.U.Ye.» deb ataluvchi jinoiy harakatning ta’siri sezilarli darajada ortayotganligi haqida ogohlantirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid