add

Yuan raqamlashadi: Xitoy dollar ustunligiga qarshi elektron qadam tashlamoqda

04.07.2025 | 08:0046543

Xitoy moliyaviy doiralarida yuanga bog‘langan raqamli steyblkoinlardan xalqaro to‘lovlarda foydalanish borasida chaqiriqlar kuchaymoqda. Bu AQSHning dollar ustunligini saqlab qolishga qaratilgan raqamli tashabbuslariga javob sifatida qaralmoqda.

Yuan raqamlashadi: Xitoy dollar ustunligiga qarshi elektron qadam tashlamoqda
Xitoy hozircha steyblkoinlar — an’anaviy valyutalarga bog‘langan raqamli tokenlarni rasman qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lsa-da, markaziy bank rasmiylarining so‘nggi bayonotlari bu texnologiyaning global moliya tizimidagi roli borasida yangi muhokamalarni rag‘batlantirmoqda. Xitoy Xalq banki rahbari Pan Gunshen iyun oyidagi chiqishida steyblkoinlar xalqaro moliyani tubdan o‘zgartirishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, geosiyosiy ziddiyatlar sharoitida an’anaviy to‘lov tizimlari zaif va siyosiy bosim vositasiga aylanishi mumkin. Sobiq markaziy bank rahbari Chjou Syaochuan esa dollarga bog‘langan steyblkoinlar orqali dollarizatsiya jarayoni kuchayishi mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, Xitoy va Gonkong moliyachilarining aytishicha, yuan asosidagi raqamli tokenlar yuanning xalqaro mavqeini oshirishda foydalanilishi mumkin. Pekin an’anaviy kriptovalyutalarni moliyaviy barqarorlik va kapital nazoratiga tahdid sifatida ko‘radi. Ammo ayrim iqtisodchilar bu masalada yangi imkoniyat paydo bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati raqamli tokenlarni qo‘llab-quvvatlayotgan bir paytda, Xitoy ham o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. «Morgan Stenli» tahlilchilari fikricha, Xitoy Gonkongni tajriba maydoni sifatida tanlab, yuan asosidagi steyblkoinlarni sinovdan o‘tkazishi mumkin. Bu Pekinning qat’iy valyuta rejimiga xalaqit bermasdan yuanning tashqi bozordagi rolini kengaytirish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid